Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi

Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi

O‘zbekiston fuqarolari 2026 yil 15 iyuldan boshlab Tailandga kirish uchun vizaga ega bo‘lishlari kerak bo‘ladi.

Tailand hukumati vizasiz kirish tartibi va kelish vaqtida viza (VOA) tizimiga kiritilgan o‘zgartirishlarni ma’qulladi. Yangi qoidalarga ko‘ra, O‘zbekistonni ham o‘z ichiga olgan 93 mamlakat fuqarolari uchun 60 kunlik vizasiz rejim bekor qilinadi.

Qaror davlat Royal Gazette gazetasida rasmiy e’lon qilinganidan 15 kun o‘tgach kuchga kiradi.

Yangi tartib bo‘yicha, O‘zbekiston fuqarolari endi Tailandga vizasiz kira olmaydilar. Kirish uchun ular Tailand elektron viza tizimi orqali onlayn ariza topshirishlari kerak bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 15:03. O'qildi: 385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!