Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Tailand Tramp vositachiligida Kambodja bilan imzolangan tinchlik kelishuvini to‘xtatdi

Tailand Tramp vositachiligida Kambodja bilan imzolangan tinchlik kelishuvini to‘xtatdi

Tailand Tramp vositachiligida Kambodja bilan imzolangan tinchlik kelishuvini to‘xtatdi, bunga harbiylarning mina portlashiga uchrashi sabab bo‘ldi.

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, 10 noyabr kuni Tailandning Si Sa Ket provinsiyasida, chegara hududida ikki nafar tay harbiysi mina portlashi natijasida jarohat olgan. Hodisadan so‘ng Bangkok sakkiz nafar kambodjalik harbiyni ozod qilish jarayonini to‘xtatgan.

Tailand bosh vaziri Anutin Charnvirakulning so‘zlariga ko‘ra, portlash mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid hali ham mavjudligini ko‘rsatgan.

Kambodja hukumati esa Tailand bilan tinchlik kelishuvini saqlab qolish uchun hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

Kiritildi: 16:41 10.11.2025. O'qildi: 693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!