Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Tailand Ho‘rmuz bo‘g‘ozi inqirozi sabab yirik transport loyihasini tezlashtiradi

Tailand Ho‘rmuz bo‘g‘ozi inqirozi sabab yirik transport loyihasini tezlashtiradi

Tailand Hind va Tinch okeanlarini bog‘laydigan “quruqlik ko‘prigi” loyihasini jadallashtirishni rejalashtirmoqda.

Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi yuk tashish bilan bog‘liq keskinlik ortidan ushbu tashabbusni faol muhokama qilmoqda.

Loyiha Kra bo‘yni orqali avtomobil va temir yo‘l tarmoqlarini qurishni nazarda tutadi. Ular Tailand ko‘rfazi va Andaman dengizidagi portlarni o‘zaro bog‘laydi.

Hukumat rejasiga ko‘ra, bu orqali ikki okean o‘rtasidagi yuk tashish vaqti qisqaradi va Malakka bo‘g‘ozidagi tirbandlik kamayadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha qiymati taxminan 31 milliard dollarni tashkil etadi. Qurilish ishlari 15 yilgacha davom etishi mumkin.

Tailand rasmiylari ta’kidlashicha, tashabbus yuk tashish xarajatlarini 15 foizgacha kamaytirishi mumkin. Ayrim davlatlar, jumladan Birlashgan Arab Amirliklari, loyihaga qiziqish bildirgan.

Kiritildi: Bugun 21:04. O'qildi: 208 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!