Florida shtatining Tampa shahri yaqinida yengil samolyot halokatida uchuvchi halok bo‘ldi.
Bu haqda CBS News xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Cessna samolyoti mahalliy vaqt bilan erta tongda parvozdan so‘ng noma’lum sharoitlarda halokatga uchragan. Samolyot turar-joy binosining orqa hovlisiga qulab tushdi, natijada yong‘in sodir bo‘ldi, ammo binoning o‘ziga minimal zarar yetdi.
Milliy transport xavfsizligi kengashi va Federal aviasiya ma’muriyati hozirda halokat sababini tekshirmoqda.