Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Tahlil! Uchinchi jahon urushi qayerda boshlanadi?

Tahlil! Uchinchi jahon urushi qayerda boshlanadi?

Zamonaviy dunyoda qurolli to‘qnashuvlar iqtisodiy manfaatlar to‘qnashuvi asosida paydo bo‘ladi. 

Yaqinda bir amerikalik ekspert Janubiy Xitoy dengizi, Ukraina, Fors ko‘rfazi va Koreya yarim orolini uchinchi jahon urushi boshlanishi mumkin bo‘lgan nuqtalar ekanligini aytdi. Ushbu aytib o‘tilgan nuqtalar haqiqatdan ham xafvli hisoblanib, shu nuqtalardan urush olovi dunyoning boshqa tomonlariga tarqashi mumkin degan xulosa qilish mumkin. 

U yerdagi mavjud muammolar mohiyatan tubdan farq qiladi. Ba’zilari bugungi kunda o‘ta xavfli hisoblansada, ammo ular tomonlarning global to‘qnashuviga olib kelishi ehtimolidan ancha yiroq. Boshqa muammolar esa deyarli ko‘zga tashlanmasa ham, uzoq muddatda katta qurolli to‘qnashuvlarga olib kelishi mumkin.
 
Jahon urushi kuchli davlatlar o‘rtasida yoki yadroviy qurolga ega bo‘lgan kuchsiz davlat rahbarlarining ahmoqligi tufayli ushbu qurolni qo‘llanilishi va kuchli raqibning qarshi zarba yo‘llashi tufayli kelib chiqishi mumkin. 

Ukraina mojarosi bu variantlarning hech biriga kirmaydi. Biroq, bizning yurtimizda va g‘arbda uchinchi jahon urushini ssenariysini yo‘q yerdan yozmoqchi bo‘lgan vizionerlar yetarlicha mavjud. 

Rossiyada esa, Qo‘shma Shtatlarni radioaktiv kulga aylantirish to‘g‘risidagi har qanday hikoya (@Dmitriy Kiselyov) millionlab aholini o‘ziga jalb qiladi. Mana bizning kuchimiz! G‘ururlansa arziydi. Qizig‘i shundaki, ayni shu vaqtda, Rossiya hukumati muxolifatlari, hukumat boshqaruvchilarini ma’suliyatsiz deb hisoblash urfga kirganligi boisdan yadroviy urush boshlanishi ehtimoli bor deb hisoblashmoqda. Putin va Kim Che In o‘rtasida hech qanday farq yo‘q deb o‘ylashadi. 

Aslida farq bor va bu farq juda muhimdir. Rossiyani ahmoqlar emas, balki, belgilangan maqsadlar tomon oqilona harakatlanadigan odamlar boshqaradi. Ular kuch-qudratni saqlab turish va do‘stlarining moliyaviy guruhlari uchun imtiyozli pozisiya yaratish uchun barcha zamonaviy siyosiy texnoligiyalardan foydalanadilar. Hukumat boshqaruvchilari har bir tashlangan tashqi siyosiy qadamni, shaxsiy hukumatga va do‘stlarining hukumatiga jiddiy zarar yetkazmasligini ta’minlashini hisobga olishadi.
 
Uchinchi jahon urushini boshlanishini tasavvur qilish uchun iqtisodiy planda Rossiya iqtisodiyoti Amerikanikidan qanchalik pastligi va bizning harbiy byudjetimiz Amerika harbiy byudjetidan qanchalik kam ekanligini yaxshi biladigan pragmatik shaxslarning kuchli tasavvuriga tayanishimiz kerak. 

G‘arbga keladigan bo‘lsak, Ukrainada oddiy lobbizmdan kelib chiqadigan katta urush haqida gap bor. Shundan so‘ng, agar Rossiya Ukraina voqealariga jiddiy ta’sir o‘tkazayotgan bo‘lsa va haqiqiy taxdidga aylansa, unda G‘arb davlatlari harbiy byudjetini Vladimir Putin tomonidan strategik kengayishga qarshi kurashish uchun oshirishi kerak. 

Aslida Putin agar ertaga Rossiya uchun biror hududni qo‘shib olishni xohlasa, jahon urushidan mahalliy kengayishni ajratib turadigan yo‘lni kesib o‘tmaydi. Amerika uchun Rossiyani mahalliy kengayishini hech qanday ahamiyati yo‘q. Sanksiyalarni joriy etish bo‘lsa – marhamat. Lekin, qizig‘i shundaki, Ukraina, Belorusiya yoki Gruziyaning hududiy yaxlitligini saqlab qolish uchun hech kim global qirg‘inbarotlik qilmaydi. 

Xuddi shu sabablarga ko‘ra, jahon urushi Fors ko‘rfazi hududidan kelib chiqmaydi. Ushbu mintaqada har qanday qurolli mojaro mahalliy bo‘lib qolaveradi (hech bo‘lmaganda Eron yadroviy qurolga ega bo‘lgunga qadar). Xatto Rossiyaning Suriyadagi aralashuvi ham jiddiy kuchayishga olib kelmadi. Neft bozori beqarorlikning eng yaxshi ko‘rsatkichi bo‘lganligiga qaramay, narxlarni keskin oshishi bilan ham javob bera olmadi va bu haqida yetarlicha nozoriliklarni keltirib chiqardi.
 
Boshqacha qilib aytganda, jurnalistalar tomonidan yozilgan ogohlantiruvchi maqolalarga qaramay, Yaqin Sharqda pul qilayotgan jiddiy shaxslar bu vaqt davomida urush ehtimoli yuqori emas deb baholashdi. 

Shimoliy Koreya vaziyati Ukraina va Fors ko‘rfazidan ko‘ra yomonroq. Yosh Kimning ahmoqona harakatlari yoki “kimliklar atrofi”dagi guruhlar bilan kurash halokatli oqibatlarga olib kelish ehtimoli bor. 

Biroq, voqealar rivojini oldindan aytish qiyin, chunki xatto Shimoliy Koreya bo‘yicha mutaxassislar ham bu mamlakatning yuqori hukumatida nimalar bo‘layotgani haqida juda oz ma’lumotga egadirlar. U yerda qanday odamlar bor, qaysi guruhlar kuchayib borishi mumkin, ular qanday fikrlarga ega…. Bu esa qorongg‘u.

Yaqin kelajakda AQSH-Xitoy munosabatlari muayyan vaziyatlarda uchinchi jahon urushiga olib keladigan holat deyish mumkin. Bu tomonlardan birining ahmoqliklaridan emas, balki ikki kuchli davlatlaring asta-sekin, lekin qat’iy o‘sib borayotgan ziddiyatlari tufayli yuzaga kelishi mumkin.

Bugungi kunda bu kabi xulosa g‘alati tuyulishi mumkin, chunki mantiqan to‘g‘ri fikrlaydigan davlat boshliqlari odatda urush keltirib chiqaradigan vaziyatdan qochishadi. Lekin, Birinchi Jahon Urushi boshlanishidan oldin, ko‘plab mutaxassislar bu mojaro global miqyosda o‘sib chiqmasligiga ishonishgan edi. Shunga qaramay, urush boshlandi va tomonlar kuchlari qariyb tengligi tufayli to‘rt yil davom etdi.

O‘z hokimyatini maksimal kengaytirishni o‘ylaydigan Rossiya yetakchilari uchun, katta ziddiyatni bartaraf etish o‘z joniga qasd qilish demakdir, yo Rossiya yadro zarbasi ostida butun dunyo bilan birgalikda yo‘q bo‘lib ketadi yoki uzoq gibrid urush natijasida charchoqlikdan jon taslim qiladi. 

Lekin, kuchli iqtisodiyotni harbiylashtirishga qodir bo‘lgan va strategik fikrlovchi avtoritar Xitoy hukumati uchun – urush hozirgi kunda juda xavfli bo‘lgan haqiqiy siyosat bo‘lib, u ertangi kun yoki kundan keyin to‘liq amalga oshishi mumkin bo‘lgan haqiqatdir.

Albatta, yadroviy hujumidan Xitoy va AQSh davlatlari o‘zlarini to‘xtatib turishlari aniqroq. Ikkinchi Jahon Urushida (barcha dahshatli shafqatsizliklari bilan), tomonlar zaharli gazlarni ishlatishdan saqlanganlar. 

Zamonaviy jahon urushi gibrid tarzda, ya’ni qarshi tomon o‘z ta’sirini o‘tkazishni istagan barcha hududlarda unga zarar yetkazishning har qanday imkoniyatlarini qo‘llash orqali amalga oshadi. Buni iqtisodiyotni parchalash, terroristik harakatlar, partizan otryadlar va xususiy harbiy kompaniyalarning amaliyotlari qo‘llanilish orqali amalga oshirish mumkin…

Zamonaviy urushda iqtisodiy omilning muhim ahamiyatga ega ekanligi e’tiborga olinsa, Qo‘shma Shtatlar bilan Xitoy o‘rtasidagi savdo munosabatlarining jiddiylashishi harbiy ziddiyatlarga o‘tish uchun zarur bo‘lgan (ammo, albatta, yetarli emas) shartidir.

1990 yillarning o‘rtalariga kelib taniqli siyosatshunos Samuel Hantington Janubiy Xitoy dengizidagi Parasel orollari tufayli uchinchi jahon urushi AQSh va Xitoy o‘rtasida boshlanishi mumkinligini aytgan edi. Keng ma’noda, Xitoyning o‘sib borayotgan iqtisodiyoti ko‘proq resurslarga muhtoj bo‘lishi va Vashington Pekinning kengayishiga qarshi harakat qilishi aytilgan edi.

Hantington ssenariysi hozirgacha amalga oshmadi, lekin Janubiy Xitoy dengizi xavfli zona bo‘lib qolmoqda va bir qarashda esa Fors ko‘rfazi, Kerch bo‘g‘ozi yoki Koreya yarim oroliga qaraganda ancha tinchroq ko‘rinadi. 

Bundan tashqari, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarda yangi xavfli nuqtalar paydo bo‘lmoqda – bu endi geografik xaritada emas, balki iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Shu tufayli, o‘sib borayotgan ziddiyatni berkitish borgan sari qiyin bo‘lib bormoqda.

Muallif:  Dmitriy Travin – Iqtisod fanlari nomzodi, Sankt-Peterburgdagi Yevropa universitetida zamonaviylashtirishni o‘rganish Markazi direktori

Manba: tarjumon.uz

Kiritildi: 06:20 22.05.2020. O'qildi: 11644 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!