Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tadqiqot: Kelgusi 25 yilda dunyo bo‘yicha saraton kasalligidan o‘lim ko‘rsatkichi qariyb 75 foizga oshadi

Tadqiqot: Kelgusi 25 yilda dunyo bo‘yicha saraton kasalligidan o‘lim ko‘rsatkichi qariyb 75 foizga oshadi

Davolanish va xavf omillarini kamaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga qaramay, keyingi 25 yil ichida global saraton kasalligidan vafot etadiganlar soni qariyb 75 foizga oshadi.

Bu haqda Euronews telekanali The Lancet tibbiy jurnalida chop etilgan hisobotga tayanib xabar berdi.

2050 yilga borib 18,6 million odam saraton kasalligidan vafot etishi va bu vaqt ichida yangi kasallanishlar soni 60 foizdan oshib, 30,5 millionga yetishi kutilmoqda.

Hisobotga ko‘ra, hozirgi vaqtda saraton kasalligidan o‘limning 40 foizdan ortig‘i 44 ta xulq-atvor, ekologik va metabolik xavf omillari, jumladan chekish, noto‘g‘ri ovqatlanish va qonda qand miqdorining yuqoriligi bilan bog‘liq.

1990 yildan 2023 yilgacha o‘tkazilgan tadqiqotda saratonning 47 turi tekshirildi. Hisobotga ko‘ra, 2023 yilda dunyo bo‘ylab 18,5 million yangi holat va 10,4 million o‘lim qayd etildi, bu 1990 yilga nisbatan sezilarli darajada ko‘pdir. Ulardan 57,9 foiz kasallanish holati va o‘lim holatlarining 65,8 foizi daromadi kam va o‘rta darajadan yuqori bo‘lgan mamlakatlarda sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, 2023 yilda saraton dunyo miqyosida yurak-qon tomir kasalliklaridan keyin o‘lim sabablari bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallagan.

Kelgusi yillarda saraton kasalligining o‘sishidan eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakatlar kam daromadli mamlakatlar bo‘lishi kutilmoqda. Hisobotga ko‘ra, ular hozirdan 2050 yilgacha yangi holatlarning yarmidan ko‘pi va o‘limning uchdan ikki qismini tashkil qiladi.

Tadqiqotchilar, ayniqsa, kam daromadli mamlakatlarda saraton kasalligini tezroq va aniqroq tashxislash, sifatli davolash va yordamdan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga chaqirishdi, deb xabar berdi belta.by.

Kiritildi: 14:35 26.09.2025. O'qildi: 814 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!