Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Tadbirkorlarning 211,2 mln so‘mini qo‘lga kiritgan shaxslar aniqlandi

A A A
Tadbirkorlarning 211,2 mln so‘mini qo‘lga kiritgan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar D.A., M.I. va A.K. o‘zaro til biriktirib, “U.B.” MCHJni tashkil qilib, ijtimoiy tarmoqlar orqali MCHJ tomonidan qurilish hamda boshqa mahsulotlarni yetkazib berilishi haqida soxta e’lonlarni joylashtirishib, “M.Q.” MCHJ rahbari M.M. va boshqalarning ishonchiga kirib, ular bilan quvur va boshqa temir mahsulotlarini yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma tuzib, tadbirkorlarga ushbu mahsulotlarni yetkazib bermasdan jami 211,2 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 179-moddasi (soxta tadbirkorlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Kiritildi: 18:33 23.01.2023. O'qildi: 2069 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!