Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tadbirkorlar hamda ilmiy hamjamiyat o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Tadbirkorlar hamda ilmiy hamjamiyat o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Tadbirkorlar hamda ilmiy hamjamiyat o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

«Tadbirkorlik sub’ektlari hamda ilmiy hamjamiyat o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Hukumat qarori (75-son, 23.02.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 iyulgacha tadbirkorlar hamda ilmiy hamjamiyat o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini ta’minlash maqsadida quyidagi imkoniyatlarni o‘z ichiga olgan maxsus elektron platforma ishlab chiqilishi belgilandi:

- yaratilgan yangi ishlanmalar bo‘yicha tadbirkorlar va investorlar uchun batafsil ma’lumotlarni aks ettiruvchi elektron shaklda yuritiladigan Yangi ishlanmalar bazasini tashkil etish;

- ilmiy izlanuvchilar va ularning tadqiqot mavzulari reestrini yuritish orqali ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy ishlanmalar mualliflari va tadbirkorlar uchun ochiq ma’lumotlar maydonini yaratish;

- tadbirkorlar tomonidan o‘z faoliyat yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar orqali yechimini topish zarur bo‘lgan muammolarni kiritish imkoniyatini yaratish.

2026 yil 1 avgustga qadar Maxsus platforma «Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi» elektron platformasiga integrasiya qilinadi.

Kiritildi: 20:40 24.02.2026. O'qildi: 409 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!