Departamentning Namangan va Andijon tuman bo‘limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tekshiruvlarda, “B.F.” MCHJ va "N.k" oiloviy korxonasi rahbarlari ishlab chiqarish binosi hamda savdo do‘koni elektr hisoblash usukunalariga tashqaridan ta’sir o‘tkazib, jami 166,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Chinoz tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda, fuqaro F.X. va K.B. o‘zlariga tegishli issiqxonani binolarini umumiy foydalanishdagi gaz quvuriga yashirincha ulab olishib, jami 186,5 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) va 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.