Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Tabiiy ofatlarga chidamli bino va inshootlar qurish bo‘yicha Yaponiya tajribasi qanday?

Tabiiy ofatlarga chidamli bino va inshootlar qurish bo‘yicha Yaponiya tajribasi qanday?

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining Namangan filiali xodimlari tomonidan tabiiy ofatlarga chidamli binolarni qurish bo‘yicha Yaponiya tajribasi o‘rganildi.

🍎 Yaponiya seysmik faol nuqtada joylashganligi sababli, bino va inshootlarni qurish bo‘yicha jahondagi eng yuqori standartlarni joriy etgan mamlakat hisoblanadi. Hisob kitoblarga ko‘ra, Yaponiyada har yili o‘rtacha 2000 ga yaqin zilzilalar sodir bo‘lib turadi.
🌊 Doimiy zilzilalar va boshqa tabiiy ofatlar bo‘lishiga qaramay Tokio shahri Economist Intelligence Unit (EIU) tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan “Xavfsiz shaharlar indeksi” (Safe Cities Index) tadqiqotida 2015, 2017 va 2019 yillarda eng xavfsiz shahar deb topildi.

❗️Qurilish standardlarini joriy etish bo‘yicha tadrijiy islohotlar:
⭕1924 yilda zilzilaga bardosh bera oladigan bino va inshootlarni qurish bo‘yicha yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
⭕1950 yilda “Kyu-taishin” nomi bilan yuritiluvchi “Bino standartlari to‘g‘risida (Building Standards Law)”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
⭕1981 yilda "Shin-taishin", “Zilzilaga Chidamli Yangi Bino Standardlari to‘g‘risida (New Earthquake Resistant Building Standard Amendment)”gi qonun qabul qilindi.

🏫 Maktab, shifoxona va boshqa barcha davlat infrastruktulari yuqoridagi standardlar asosida quriladigan bo‘ldi.

🕐 Zilzilaga chidamli yangi standardlar asosida (“shin-taishin”) konstruksiyalash metodining uch turi mavjud:
1️⃣Taishin (耐震) - qonun talab qiladigan yengil zilzilaga chidamlilik.
2️⃣Seishin (制震) – tebranishni nazorat qilish.
3️⃣Menshin (免震) – poydevor izolyasiyasi.

Kiritildi: 17:38 18.12.2025. O'qildi: 331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!