Xitoy rahbari Si Szinpin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatda AQShni bir tomonlama cheklovlar qo‘yish orqali ikki davlat o‘rtasidagi savdo munosabatlariga putur yetkazmaslikka chaqirdi.
Bu haqda Xitoyning Global Times nashri xabar bermoqda.
"AQSh ikki tomon o‘rtasidagi ko‘p sonli maslahatlashuvlar natijalariga putur yetkazmaslik uchun bir tomonlama savdo cheklovlaridan voz kechishi kerak" - dedi Si Szinpin.
Shuningdek, u TikTok ijtimoiy media platformasining AQSh bo‘linmasini sotish bo‘yicha kelishuv bo‘yicha Pekin pozisiyasini yana bir bor ta’kidladi: muzokaralar natijasi har ikki tomon manfaatlarini hisobga olishi, Xitoy qonunlari va qoidalarini buzmasligi, bozor qoidalariga rioya qilishi kerak. Shu bilan birga, AQSh xitoylik sarmoyadorlar uchun kamsitilmaydigan shart-sharoitlarni ta’minlashi kerak.
Si Szinpin Xitoy-AQSh munosabatlarining muhimligini va ikki tomonning Xitoy, AQSh va butun dunyo manfaati uchun hamkorlik qilish qobiliyatini qayd etdi.
Tramp suhbatni "juda samarali" va "juda yaxshi" deb baholadi va Si Szinpin bilan yana telefon orqali gaplashishga va’da berdi.