Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"Svet" muammosi AQShda ham kuzatilmoqda - bir milliondan ortiq odam elektrsiz qoldi

A A A
"Svet" muammosi AQShda ham kuzatilmoqda - bir milliondan ortiq odam elektrsiz qoldi

Dushanba kuni AQShning sharqiy qirg‘oqlarida sodir bo‘lgan kuchli bo‘ron 1 milliondan ortiq odamni elektrsiz qoldirdi.

Bu haqda PowerOutage monitoring resursi ma’lumot bermoqda.

To‘fon bir necha shtatga ta’sir ko‘rsatdi - Missisipidan Nyu-Yorkgacha. Kuchli shamol elektr liniyalarini uzib yubordi, ayrim shtatlarda suv toshqinlari kuzatilmoqda. Eng ko‘p tarqalgan elektr o‘chirilishi Shimoliy Karolina, Pensilvaniya, Merilend va Jorjiya shtatlarida sodir bo‘ldi.

CNN telekanali xabariga ko‘ra, Jorjiyada kamida bir kishi halok bo‘ldi. Tennessi shtatida kuchli shamol uylarning tomlarini uchirib yubordi.

Bo‘ron tufayli Nyu-York, Nyu-Jersi, Pensilvaniya shtatlarida, shuningdek, Kolumbiya poytaxt okrugida bir nechta aeroportlar faoliyati to‘xtatildi.

Kiritildi: 09:32 09.08.2023. O'qildi: 1788 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!