Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

“Suyunchi puli”ni olish tartibi qanday?

A A A
“Suyunchi puli”ni olish tartibi qanday?

Xalq tilida “Suyunchi nafaqasi” deb ataladigan bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa amaldagi qonunchilikka muvofiq har bir tug‘ilgan farzand uchun to‘lab beriladi.

🗣 Ma’lumot uchun: bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa summasi - mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 70,3 foizi deb belgilangan. Ya’ni 2023 yil 1 dekabrdan bu miqdor 738 150 so‘mni tashkil etadi.

Suyunchi nafaqasini olish uchun qayerga murojaat qilish kerak?

✅ Aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, bunda fuqarolarning ovoragarchiliklarini bartaraf etish maqsadida “suyunchi nafaqasi”ni tayinlash bo‘yicha xizmatlar 2020 yildan boshlab, fuqaroning murojaatisiz kompozit shaklida amalga oshirilmoqda.

Ya’ni, bugungi kunda bola tug‘ilganda bolaga beriladigan familiya, ism va ota ismi, ota-ona va ularning nikohi, bola ro‘yxatga qo‘yiladigan poliklinika va ichki ishlar bo‘limi, navbatga qo‘yiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti haqidagi barcha ma’lumotlar tibbiyot muassasasi (tug‘ruqxona, shifoxona tug‘ruq bo‘limi, oilaviy poliklinika) tomonidan "Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish" avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.

✅ Pensiya jamg‘armasi tomonidan barcha zaruriy ma’lumotlar tibbiyot muassasasi va FHDYo axborot tizimlaridan elektron shaklda olingan holda “Suyunchi” nafaqasi avtomatik ravishda tayinlanadi.

⏺Shuningdek, endilikda, fuqarolar yangi tug‘ilgan farzandlari uchun “Suyunchi puli”ni "xazna" ilovasi orqali osongina olishlari mumkin.

Kiritildi: 14:36 13.12.2023. O'qildi: 3286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!