Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Suyak yemirilishi kasalligi nega ko‘paymoqda?

Suyak yemirilishi kasalligi nega ko‘paymoqda?

📊 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, hozir dunyo aholisining 20 foizi tayanch-harakat tizimi kasalliklaridan aziyat chekmoqda. Eng yomoni, bunday xastaliklar nogironlikni keltirib chiqaruvchi omillar orasida yetakchi o‘rinda.

📈 Xavotirli jihati, keyingi yillarda SOVID-19 asoratlari tufayli suyak bo‘g‘imlari yemirilishi tashxisi qo‘yilgan bemorlar soni sezilarli darajada ko‘pamoqda. Shunday kasalliklardan biri — aseptik nekroz.

▶️ Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Murod Irismetov shu mavzudagi mulohaza va xulosalari bilan o‘rtoqlashdi.

— Bu og‘ir kasallik tibbiyotda son suyagi boshchasining avaskulyar osteonekrozi deb ham ataladi, — deydi mutaxassis. — U suyak to‘qimasida qon oqimi vaqtincha yoki doimiy buzilishi oqibatida yuzaga keladi.

👨🏻‍🦽Soddaroq tushuntirsak, tanamizdagi suyaklar bir-biridan tog‘ay bilan ajralib turadi. Yuzalari bo‘g‘im paylari bilan mustahkamlangan. Ular harakat chog‘ida yuzaga keladigan tashqi zarbalarga qalqon bo‘ladi.

🔬 Bo‘g‘imlar ichki qavati esa maxsus parda bilan qoplangan bo‘lib, o‘zidan suyuqlik chiqarib turadi va shu tufayli bo‘g‘imlar elastikligi ortadi hamda harakat-tayanch vazifasini o‘taydi.

🔎 Son suyagi boshchasi tananing shu qismidan o‘tgan bitta arteriya bilan oziqlanadi. Agar unga qon borishi buzilsa yoki to‘xtasa, bo‘g‘imlar kislorod va boshqa hayotiy zarur moddalarga to‘yinmasligi oqibatida nekroz, ya’ni hujayra va to‘qimalar nobud bo‘lishi jarayoni boshlanadi.

🦿Nekroz o‘chog‘i kattalashgani sayin son suyagi boshchasi o‘z mustahkamligini yo‘qotib, tana og‘irligiga bardosh berolmay qoladi.

📌 Bora-bora tananing bu qismi shunchalik mo‘rt bo‘lib qoladiki, u jismoniy harakatlar ostida xuddi tuxum po‘chog‘idek uqalana boshlaydi. So‘ng chanoq-son bo‘g‘imida kuchli og‘riqlar yuzaga kelib, harakat cheklanadi.

💊 Kasallik shakllanishi turli omillar bilan bog‘liq. Tromboz, tromboemboliya, gormon vositalari, bo‘g‘imlar shikastlanishi, spirtli ichimliklar shular jumlasidan. Qolaversa, aseptik nekroz og‘ir revmatik kasalliklar hamda COVID-19 asorati sifatida ham shakllanishi mumkin.

Ya’ni pandemiya davrida ayrim bemorlar belgilangan dori vositalaridan o‘zboshimchalik bilan foydalanishi, ayniqsa, gormon preparatlarini palapartish qo‘llashi ularda avaskulyar osteonekroz paydo bo‘lishiga olib keldi.

⛔️ Chunki bu preparatlar D vitamini va kalsiyning suyakka yetib borishiga to‘sqinlik qiladi. Qolaversa, son suyagi boshchasini oziqlantiruvchi tomirlardan o‘tayotgan qon quyuqlashishi bu bo‘g‘imning normal oziqlanishiga to‘sqinlik qiladi.

‼️Xuddi shunday omillar aseptik nekrozga chalingan bemorlar soni keyingi yillarda 3-4 barobar ortishiga olib keldi. Tahlillarimizga ko‘ra, hozir bu holat ko‘proq erkaklarda kuzatilmoqda.

Kiritildi: 14:12 09.06.2023. O'qildi: 3495 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!