Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

So‘x aholisiga qancha imtiyozli kreditlar ajratilgani ma’lum bo‘ldi

So‘x aholisiga qancha imtiyozli kreditlar ajratilgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 avgustdagi PQ-4798-son 2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish qarori qabul  qilingan. 

Ushbu qarorga asosan Xalq banki Sux tuman filiali tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilda tuman markazida 24/7 rejimida ishlovchi zamonaviy bank shoxobchasi ochildi. 

Xalq bankining So‘x filiali tomonidan aholi bandligini ta’minlash maqsadida “Har bir oila-tadbirkor” davlat dasturi asosida 214 ta loyihaga 4 mlrd. 483 mln. so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi.

Shundan:

- Quychilikni tashkil etish uchun 71 nafar fuqaroga 1 mlrd. 720 mln. so‘m;

- Tikuvchilikni rivojlantirishga 54 nafar fuqaroga 749 mln. so‘m;

- Akfa eshik-romlar ishlab chiqarish uchun 15 nafar fuqaroga 182 mln. so‘m; 

- Ixcham issiqxonalar tashkil etish uchun 25 nafar fuqaroga 294 mln. so‘m;

- Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 49 nafar fuqaroga 1 mlrd. 538 mln. so‘m.

Natijada tumanda 214 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Kiritildi: 15:28 20.08.2020. O'qildi: 2360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!