Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Sut tishini oldirish mumkinmi?

Sut tishini oldirish mumkinmi?

Sut tishlari bolada 1 yoshgacha paydo bo‘lib, 5-6 yoshda doimiy tishlar bilan almashadi. Ba’zan esa tishlar tushmay turib stomatolog-jarroh tomonidan sug‘urib olinishiga to‘g‘ri keladi.

Bunday amaliyotga qanday hollarda murojaat qilinadi?

- kariyes tishning yarmidan ko‘pini zararlagan bo‘lsa;

- qimirlab turgan tishning tushishi qiyin kechib, bolaga chaynashda xalaqit bersa;

- bo‘lingan tish lunj yoki tilni tirnab, jarohat yetkazsa;

- kariyes ildizga o‘tib, yon tishlarga xavf solsa;

- tish atrofidagi shilliq qavatda yallig‘lanish yoxud kista bo‘lsa;

- sut tishi tushmay turib doimiy tish chiqib ulgursa;

- tishga jiddiy jarohat yetib, sinsa;

- milkda teshikli yara bo‘lsa;

- pulpit, peridontit, flegmona, gaymorit kuzatilsa.

Nima bo‘lganda ham, tishni olib tashlash qarorini shifokor-ortodont qabul qiladi va bolalar stomatologi tomonidan amalga oshiriladi. Bu stomatologlar uchun ham oxirgi choradir, yuqoridagi kabi jiddiy holatlar yuz bermasa, tishni davolashga harakat qilinadi. Agar bolaning tishi tushay deb turgan bo‘lsa uni uy sharoitida olish katta xato, bu faqat mutaxassisning ishidir.

Kiritildi: 09:33 12.08.2025. O'qildi: 1173 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!