Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Surxondaryoda yo‘lovchi poyezdi Nexia’ni urib ketdi

Avto A A A
Surxondaryoda yo‘lovchi poyezdi Nexia’ni urib ketdi

Surxondaryo viloyatidagi temir yo‘lning qo‘riqlanmaydigan kesishmasidan o‘tayotgan Nexia’ni yo‘lovchi poyezdi urib ketdi. Bu haqda Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 17 sentyabr kuni 42 yoshli A.O‘. boshqaruvidagi Nexia'da “Zartepa-Surxon” bekatlari oralig‘ida joylashgan qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasidan o‘tayotgan vaqtida ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘ygan. Oqibatda mashina Sariosiyo-Termiz yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashgan.

Mazkur YTH oqibatida Nexia haydovchisi turli darajadagi tan jarohatlar bilan Jarqo‘rg‘on tuman tez-tibbiy yordam markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Kiritildi: 20:39 21.09.2023. O'qildi: 3522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!