Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Surxondaryoda YPX avtomobiliga oyog‘ini qo‘yib, xodimni mayna qilgan yigit qamaldi

Surxondaryoda YPX avtomobiliga oyog‘ini qo‘yib, xodimni mayna qilgan yigit qamaldi

Ijtimoiy tarmoqda bir yigit Surxondaryoda YPX avtomobilining orqa tomoniga oyog‘ini chiqarib, turli harakatlar bilan o‘yinga tushgani aks etgan video tarqaldi. IIV YHXBB Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yigit qo‘lga olinib, unga jazo tayinlangan.

Qayd etilishicha, mazkur yigit Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida g‘alla yig‘im-terimiga jalb qilingan “KamAz” rusumli yuk mashinasi haydovchisi ekani ma’lum bo‘lgan.

“GAI” mashinasi orqasida turib, video olganmiz. Bir bola bu holatni videoga olib, TikTok'ka qo‘yib yuboribdi-da. Qilgan ishimdan pushaymonman. Tengdoshlarimga bu ishni qilishni tavsiya qilmayman, - deydi huquqbuzar yigit.

Sud hukmi bilan yigit MJtKning 183-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Kiritildi: 14:54 02.06.2023. O'qildi: 2509 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!