Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Surxondaryoda yigit 18 yoshli opasini o‘ldirib qo‘ydi

Surxondaryoda yigit 18 yoshli opasini o‘ldirib qo‘ydi

Surxondaryoda uka opasini urib o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov aniq.uz'ga ma’lum qildi.

Muzrabot tuman IIB navbatchilik qismining joriy yil 11 avgust kuni soat 01:30 larda bergan xabariga ko‘ra, Muzrabot tumani “Fidokor” mahallasida yashovchi 2006 yilda tug‘ilgan F.J. “yigitlar bilan munosabatga kirishib yurganligi” sababli o‘zining ukasi 2008 yilda tug‘ilgan A.J. tomonidan tayoq va metal jism bilan kaltaklangan. Qiz boshiga va tanasining turli joylariga tan jarohati yetkazilganligi natijasida hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 11.08.2024 yilda tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Kiritildi: 17:02 14.08.2024. O'qildi: 3623 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!