Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Surxondaryoda veterinariya bo‘limi binosini pullamoqchi bo‘lgan mansabdor xodim qo‘lga tushdi

Surxondaryoda veterinariya bo‘limi binosini pullamoqchi bo‘lgan mansabdor xodim qo‘lga tushdi

Termiz shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mansabdor xodimi xizmat mavqeidan foydalangan holda o‘zganing ishonchiga kirib, uning pul mablag‘ini noqonuniy o‘zlashtirmoqchi bo‘ldi.

Aniqlanishicha, mazkur shaxs go‘yoki ushbu bo‘lim tez orada boshqa joyga ko‘chishini bildirib, bo‘shaydigan binoni yer maydoni bilan birgalikda tanishlari yordamida auksion orqali sotib olib berish evaziga fuqarodan 3 ming AQSh dollari talab qilgan.

DXX, IJQKD va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs 2 ming AQSh dollari va 12 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 08:16. O'qildi: 416 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!