Bugun 1 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Surxondaryoda o‘qituvchilardan pul yig‘ish bo‘yicha topshiriq bergan hokim o‘rinbosari ishdan olindi

Surxondaryoda o‘qituvchilardan pul yig‘ish bo‘yicha topshiriq bergan hokim o‘rinbosari ishdan olindi

Jarqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari Anvar Rajabov ramazon ehsoni bahonasida o‘qituvchilardan majburiy pul yig‘ish bo‘yicha ko‘rsatma bergani xizmat tekshiruvida tasdiqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, 33-maktab o‘qituvchilaridan har biri 25 ming so‘mdan yig‘ish topshirilgan. 1 mln so‘m hokimiyatga olib borilishi kerakligi aytilgan.

Tekshiruv yakuniga ko‘ra, ixtiyoriylik tamoyili buzilgani aniqlanib, Anvar Rajabov lavozimidan ozod etildi. Uning harakatlariga huquqiy baho berish uchun materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Kiritildi: Bugun 17:02. O'qildi: 453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!