Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Surxondaryoda qariyb 115 million so‘mlik “Marixuana”ning savdosi pishmay qoldi

Surxondaryoda qariyb 115 million so‘mlik “Marixuana”ning savdosi pishmay qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi, Jarqo‘rg‘on tumani DXX, viloyat IIB hamda Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Jarqo‘rg‘on tumani hududida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanuviga qarshi kurashish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Natijada, mazkur tumanda yashovchi fuqaro E.N. va M.A.lar ikki dona qora rangli polietilen paketga solingan o‘ziga xos o‘tkir hidli, yashil rangdagi moddalarni shartli xaridorga 112 million so‘mga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.

Ushbu moddalar ekspertizadan o‘tkazilganda sof vazni 850 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik vositasi ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan 2024 yil davomida viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan 55 ta holatda 193,33 kilogramm giyohvandlik vositalari, 438 litr sintetik giyohvandlik vositalari va 760 dona giyohvandlik tabletkalari ushlab qolingan.

Kiritildi: 18:42 08.01.2025. O'qildi: 554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!