Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Surxondaryoda ona va uning qizi o‘ldirib ketildi. Gumondor Rossiya aeroportida qo‘lga olindi

Surxondaryoda ona va uning qizi o‘ldirib ketildi. Gumondor Rossiya aeroportida qo‘lga olindi

Joriy yilning 6 aprel kuni soat 18:30larda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani “Yakkabog‘” mahallasining xonadonlaridan birida, nafaqaxo‘r, 1965 yil tug‘ilgan X.X.ning jasadi bo‘yin sohasiga o‘tkir tig‘li jism bilan yetkazilgan tan jarohatlari hamda qizi, Sariosiyo tumani “Zag‘nabod” qishlog‘ida doimiy ro‘yxatda turuvchi, uy bekasi, 1992 yil tug‘ilgan M.Z.ning jasadi yuqori nafas yo‘llari va bo‘yin a’zolariga o‘tkir tig‘li jism yordamida yetkazilgan tan jarohatlari bilan topilgan.

Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a,j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi tomonidan, mazkur qotillik jinoyatini sodir etishda gumonlangan, K.H.ning sobiq turmush o‘rtog‘i, Sariosiyo tumanida istiqomat qiluvchi, 1984 y.t. N.S.ga nisbatan mahalliy va xalqaro qidiruv e’lon qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi hamda Tojikiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi bilan hamkorligida amalga oshirilgan qidiruv ishlari natijasida, gumondor N.S., javobgarlikdan qutulish maqsadida, Surxondaryo viloyatidan, Tojikiston Respublikasiga o‘tib, u yerdan Rossiya Federasiyasiga ketganligi aniqlangan.

Rossiya Federasiyasida xizmat safarida bo‘lgan Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan, rossiyalik hamkasblari hamkorligida, gumondor shaxs Moskva viloyatining Domodedovo aeroportida qo‘lga olingan.

Hozirda gumondorni O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 15:20 07.04.2022. O'qildi: 6577 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!