Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Surxondaryoda notariusning fuqaro bilan til biriktirib, ayol kishining uyini tortib olayotgani rostmi?

Surxondaryoda notariusning fuqaro bilan til biriktirib, ayol kishining uyini tortib olayotgani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda “Sariosiyo tumani notariusi Davron Jumayev Muhammadiy Mirza-Anvar ismli shaxs bilan til biriktirib, bir ayolga tegishli uy-joyni o‘zlashtirib olayotgani”ga oid material tarqaldi. Ushbu ma’lumotlar haqiqatga qanchalik to‘g‘ri, aslida nima bo‘lgan edi? Mazkur masala yuzasidan Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tezkor o‘rganish o‘tkazdi.

“Sotuvchi” X.K. va “Sotib oluvchi” U.M.lar o‘rtasida Sariosiyo tumanida joylashgan ushbu uy-joy oldi-sotdi shartnomasi imzolangan. Mazkur shartnoma sobiq Sariosiyo tuman davlat notarial idorasi notariusi D.Djumayev tomonidan uch yil avval rasmiylashtirilgan.

To‘plangan hujjatlarga ko‘ra, Sariosiyo tuman davlat notarial idorasi tomonidan uy-joy oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun sotuvchi X.K.ning uy-joyda ro‘yxatda turuvchi farzandlari tomonidan uy-joyni sotishga rozilik arizalari olinib, 2017 yil 30 mayda notarial tartibda tasdiqlangan.

Sariosiyo tuman davlat notarial idorasi notariusi D.Djumayev tomonidan 2017 yil 30 mayda qayd etilgan uy-joy oldi-sotdi shartnomasi va reestr kitobida fuqaro X.K. ism-familiyasini to‘liq yozib imzolagan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudining 2019 yil 29 apreldagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, da’vogar X.K.ning javobgarlar Sariosiyo tuman davlat notarial idorasi va U.M.ga nisbatan “Oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqida”gi da’vosi rad etilganligi qayd qilingan.

Bundan tashqari, fuqarolik ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyat sudi kassasiya instansiyasining 2020 yil 5 martdagi ajrimi bilan fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudining hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Fuqaro X.K.ning farzandi G.I. bilan telefon orqali suhbat o‘tkazildi. Aniqlanishicha, mazkur uy-joy bilan bog‘liq garov shartnomasi rasmiylashtirilmagan.

Kiritildi: 10:57 22.05.2020. O'qildi: 1893 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!