Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Surxondaryoda mahalla raisi fuqaroni urib, ko‘z shohpardasini yorib yubordi

Surxondaryoda mahalla raisi fuqaroni urib, ko‘z shohpardasini yorib yubordi

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida mahalla raisi fuqaroning ko‘zini urib, yorib yubordi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Xabarga ko‘ra, 28 mart kuni 18:00 larda Sho‘rchi tumani “Baxshtepa” mahallasi hududida mahalla raisi va fuqaro o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik oqibatida janjal kelib chiqqan. Janjal vaqtida mahalla raisi fuqaroning ko‘z qismiga urib, tan jarohati yetkazgan.

Ushbu holat yuzasidan Sho‘rchi tuman IIB tomonidan fuqaroning olgan tan jarohatining og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida, sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan va tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari Surxondaryo viloyati IIB tomonidan nazoratga olingan.

Jabrlanuvchi murojaat qilgan shifokorning ma’lum qilishicha, hozirda uning holati yaxshi.

“Bemor bizga shikoyat qilib keldi. Kelganida ko‘zidan yosh va qon oqayotgandi. Ko‘zining shohpardasi yorilgan va ichki qismlari chiqqan edi. Zudlik bilan birlamchi xirurgik ishlov berildi. Bemorning bugungi ahvoli yaxshi”, — deydi shifokor.

Mahalla raisi esa bo‘lgan voqeani aytib, qilgan ishidan pushaymonligini bildirdi.

“Bemor bizga shikoyat qilib keldi. Kelganida ko‘zidan yosh va qon oqayotgandi. Ko‘zining shohpardasi yorilgan va ichki qismlari chiqqan edi. Zudlik bilan birlamchi xirurgik ishlov berildi. Bemorning bugungi ahvoli yaxshi”, — deydi shifokor.

Kiritildi: 22:19 31.03.2023. O'qildi: 2392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!