Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Surxondaryoda Dongfeng avtozavod qurishni taklif qildi

Surxondaryoda Dongfeng avtozavod qurishni taklif qildi

Xitoyning yirik avtomobilsozlik kompaniyasi Surxondaryoda zamonaviy zavod tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi.

Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berishicha, Dongfeng Motor Groupning tarkibiga kiruvchi Dongfeng Liuzhou Motor Co., Ltd delegasiyasi viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov bilan uchrashdi. Muloqotda Singdao avtomobil tadqiqot instituti vise-direktori Fu Hao ham ishtirok etdi.

Tomonlar loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini chuqur o‘rganish va amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun mutaxassislar ishtirokida kengaytirilgan muzokaralar o‘tkazishga kelishib oldi.

Uchrashuvda xitoylik kompaniya o‘zining elektr furgonlari, mini yuk mashinalari va ko‘p maqsadli transport vositalari (MPV) modellarini taqdim qildi.

Ma’lumot uchun, joriy yil yanvar oyida Asaka Motors zavodida Wuling N111 miniveni ishlab chiqarish boshlangan. 7 o‘rinli ushbu avto 2012 yildan buyon Xitoyda Sunshine nomi bilan chiqariladi.

Shuningdek, may oyi boshida Prezident Shavkat Mirziyoyev Damas ishlab chiqarish zavodi bazasida arzon minivenlar tayyorlashni boshlash rejasi haqida ma’lum qildi. Yevro-5 standartiga mos keladigan va 7 kishi sig‘adigan mazkur avtomobilni yig‘ish loyihasiga $100 mln sarflanadi. 2026 yilda yirik agregatlar yig‘ilishi (SKD), 2027 yildan esa to‘liq ishlab chiqarishga o‘tish ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, Spot’ning yozishicha, aprel oyida yengil avtomobillar sotuvi 20 foizga oshgan.

Kiritildi: 08:39 19.05.2025. O'qildi: 637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!