Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Surxondaryoda ayol suddan o‘g‘lini emas, erini ozod qilishni so‘radi

Surxondaryoda ayol suddan o‘g‘lini emas, erini ozod qilishni so‘radi

Surxondaryoda bo‘lib o‘tgan Oliy sudning sayyor qabulida hayratlarnarli holat sodir bo‘ldi. Sud qabuliga kelgan katta yoshli ayol suddan o‘g‘lini emas erini ozod qilishni so‘radi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimiyati matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu ayolning turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li firibgarlik jinoyati uchun qamalgan ekan, qarzning bir qismi to‘lab bo‘lingandan so‘ng sud erkaklardan birini ozod qilishga qaror qiladi. Ayoldan kimni ozod qilishni so‘ralganda, u ikkilanmay – erimni, deb javob beradi.  

Ushbu javobdan sud qabulida o‘tirganlar “bir qalqib tushdi” deb yozadi viloyat matbuoti. Vaziyatni tushunmagan odam bunday hayratlanishi tabiiy, lekin ushbu voqea aslida qanday bo‘lganini bilganlar bunga hayron bo‘lmagan.

Aslida ushbu jinoyatda u bechora ayolning o‘g‘li sababchi bo‘lgan ekan. U oldin ham firibgarlik jinoyati uchun 3 marotaba qamalib chiqaan, lekin baribir odatini tashlamagan ekan. So‘nggi bor odamlardan katta-katta pullarni olib yeb yuborgan, qarzini undirishga kelganlarga uning otasi majburat “Qarzni bo‘yniga olishini” aytib tilxat yozib bergan ekan. Qarzini qaytarib ololmgan fuqarolar, ushbu oilaning  nafaqat buyumlarini, balkim uyini ham buzib, qurilish materiallarini olib ketishgan ekan.

 

Kiritildi: 15:00 11.09.2019. O'qildi: 2836 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!