Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Surxondaryoda atir sepilgan giyohvandlik vositasining “hidi” chiqdi

Surxondaryoda atir sepilgan giyohvandlik vositasining “hidi” chiqdi

Giyohvandlik vositalarining kontrabandasini oldini olish va unga chek qo‘yish maqsadida bojxona organlari tomonidan doimiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk avtotransport vositasi bojxona xodimlari tomonidan Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, yuk avtotransport vositasi kabinasidagi yotoqjoy ostiga berkitilgan 1 dona, polietilen o‘ram bilan o‘ralgan, o‘ziga xos o‘tkir hidli ashyo borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, ushbu o‘ram ochilib, maxsus elektron tarozida o‘lchab ko‘rilganda, jami og‘irligi 123 gramm bo‘lgan “opiy” giyohvandlik vositasi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

E’tiborlisi shundaki, fuqaro giyohvandlik vositasi ustidan atir sepib uni hidini berkitishga ham uringan. Biroq, bojxona organlariga biriktirilgan xizmat iti bu hiylaga aldanmadi.

Shuningdek, yana bir holatda mazkur bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan yuk avtotransport vositasi kabinasidan 3.4 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi topildi.

Hozirda, ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: Bugun 13:15. O'qildi: 451 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!