Haydovchi vafot etgan. Mashinada bo‘lgan 16 yoshli yo‘lovchi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Surxondaryodagi suv omboriga mashina tushib ketgani haqida xabar tarqaldi. Viloyat IIB YHXB holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 24 iyun kuni soat 12:30 larda 1994 yilda tug‘ilgan haydovchi Lacetti'da “Xisorak-Sariosiyo” yo‘nalishida harakatlanib kelib, boshqaruvni yo‘qotishi natijasida ushbu hududdan o‘tuvchi “To‘palang” daryosiga tushib ketgan.
Natijada, avtomashina ichida bo‘lgan 2007 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi yengil tan jarohati olib tuman kasalxonasiga yotqizilgan.
Haydovchi sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra hodisa sodir bo‘lishidan oldin sog‘ligi yomonlashgani va yurak ishemik ehtimoli yuqori bo‘lganligi sababli vafot etgan.