Surxondaryoda 2 ta iste’molchi 366 mln 120 ming so‘m miqdoridagi elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda elektr va gaz ta’minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Xususan:
➖Jarqo‘rg‘on tumanidagi «D. A. K.» xususiy korxonasiga qarashli oshxonaning elektr qurilmalari elektr hisoblagichdan tashqari holatda noqonuniy ulanganli natijasida davlat manfaatlariga 272 mln 376 ming so‘m (605 ming 280 kVt⋅soat);
➖Jarqo‘rg‘on tumanidagi «J. P. B.» MCHJga qarashli oshxonada tabiiy gaz hisoblagichdan tashqari holatda noqonuniy ulanganli natijasida davlat manfaatlariga 93 mln 744 ming so‘m (93 ming 744 metr kub), jami 366 mln 120 ming so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.