Bugun 17 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Surxondaryoda 15 yoshli qizni turmushga berganlar jazolandi

Surxondaryoda 15 yoshli qizni turmushga berganlar jazolandi

Ijtimoiy himoya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Denov tumanida 15 yoshli qiz turmushga berilib, oila a’zolariga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mahalla yettiligi va ijtimoiy xodimlar 2025 yil iyul oyida oilani oldindan ogohlantirgan. Shunga qaramay, 10 avgust kuni nikoh marosimi o‘tkazilgan.

Mahalliy profilaktika inspektori qonunchilikka muvofiq aybdor shaxslarni jarimaga tortdi. Hozirda qizning huquqlari va ta’lim jarayoni mutasaddilar nazoratiga olingan.

Oila kodeksiga asosan, qizlar uchun turmushga chiqish yoshi 18 etib belgilangan.

Kiritildi: 22:25 22.09.2025. O'qildi: 1435 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!