Bugun 20 mart, 2026 yil, juma

КИР

AQSh energetik qamalda bo‘lgan Kubaga Rossiya neftini yetkazib berishni taqiqladi

AQSh energetik qamalda bo‘lgan Kubaga Rossiya neftini yetkazib berishni taqiqladi

Qo‘shma Shtatlar Moliya vazirligi Rossiya nefti va neft mahsulotlarini yetkazib berish bilan bog‘liq amaliyotlar uchun yangi lisenziya chiqardi. U 12 mart kuni berilgan hujjat o‘rnini egallaydi. Avvalgi hujjat 11 aprelgacha amal qilishi belgilangan va 12 martgacha kemalarga yuklangan Rossiya nefti hamda neft mahsulotlarini yetkazib berishga ruxsat bergan edi.

Yangi lisenziyaga Kuba, Eron, Shimoliy Koreya va Ukrainaning anneksiya qilingan hududlari ishtirok etadigan bitimlarni taqiqlovchi band qo‘shilgan.

Rossiya neftini yetkazib berish shartlarining o‘zgarishi 4 aprel kuni Kubaga 700 ming barreldan ortiq neft olib kelayotgan “Anatoliy Kolodkin” nomli Rossiya kemasi yetib kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlardan ko‘p o‘tmay yuz berdi.

Bundan tashqari, 23 mart kuni Honkong bayrog‘i ostida suzayotgan Sea Horse kemasi ham Kubaga yetib kelishi kutilayotgandi. Ushbu kemada taxminan 27 ming tonna Rossiya suyultirilgan gazi borligi taxmin qilinayotgandi.

Kiritildi: Bugun 19:28. O'qildi: 540 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!