Bugun 25 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Surxondaryoda 15 yoshli qizni turmushga berganlar jarimaga tortildi

Surxondaryoda 15 yoshli qizni turmushga berganlar jarimaga tortildi

Ijtimoiy himoya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, voqea Denov tumanidagi «Ozod» mahallasidan aniqlangan.

2025 yil iyul oyida mahalla yettiligi va ijtimoiy xodimlar qizni turmushga berish harakati qonunga zid ekanini tushuntirib, oilaga ogohlantirish bergan.

Shunga qaramay, 10 avgust kuni nikoh marosimi o‘tkazilgan.

⚖️ Mahalliy profilaktika inspektori qonunchilikka muvofiq aybdorlarga ma’muriy jarima tayinladi.

Ayni paytda, qizning huquqlari va ta’lim jarayoni mutasaddilar nazoratiga olingan.

Oila kodeksiga asosan, qizlar uchun turmushga chiqish 18 yosh etib belgilangan.

Kiritildi: 17:27 22.09.2025. O'qildi: 972 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!