Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

“Surxondaryo hokimi kreditni yoptirishga prokurorlarni safarbar qilmoqda”

“Surxondaryo hokimi kreditni yoptirishga prokurorlarni safarbar qilmoqda”

Kecha, 18 yanvar kuni “Media24.uz” telegram kanalida “Surxondaryo hokimi kreditni yoptirishga prokurorlarni safarbar qilmoqda” sarlavhasi ostida post e’lon qilindi. Ushbu postda muammoli kreditlarni undirish bo‘yicha prokurorlar boshchiligida ishchi guruhlar tuzilgani, amalga oshirilayotgan ishlar har juma kunlari muhokama qilinishi belgilangani keltirilgan.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati post yuzasidan ma’lumot berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga asosan banklarning barqaror faoliyat yuritishi, davlat va tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar o‘z vaqtida ajratilishi, muammoli kreditlar ulushini kamaytirish dolzarb vazifa sifatida belgilangan.

Xususan, 2022 yil 24 oktyabr kuni “Hududlar va tarmoqlarning iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha” bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida tijorat banklarining kredit portfelidagi muammoli kreditlarni keskin kamaytirish va bartaraf etish bo‘yicha aniq vazmfalar belgilab berilgan.

Topshiriqqa binoan davlat ulushiga ega bo‘lgan banklarda mavjud muammoli kreditlarni undirish ishlarini jadallashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Bosh vazir o‘rinbosari, Markaziy bank, Savdo-sanoat palatasi hamda Hisob palatasi raislarining birgalikdagi qo‘shma topshirig‘i qabul qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri rahbarligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishlarida ham muammoli kreditlarni keskin kamaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etilib, barcha tarmoq va hudud rahbarlariga aniq vazifalar belgilab berilgan.

Ayni paytda Surxondaryo viloyatidagi tijorat banklarining kredit qo‘yilmalari qoldig‘i 15,8 trln. so‘mdan oshgan bo‘lib, shundan yil boshiga muammoli kreditlar ulushi 1,1 trln. so‘mdan yoki 7,2 foizdan yuqoriligicha qolmoqda. Bundan tashqari, muddati kelayotgan va muammoga aylanish havfi vujudga kelayotgan yana 2,7 trln. so‘mlik kredit mavjud bo‘lib, bu ko‘rsatkich respublika miqyosida oxirgi o‘rinlardan birini egallamoqda.

Shuni aytish kerakki, muammoli kreditlarning ortishi tijorat banklarining moliyaviy barqarorligiga, aktivlar sifati va likvidligiga salbiy ta’sir etish bilan birga banklarda iqtisodiyotning kreditlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkoniyati cheklanishi va to‘lovlar uzluksizligini ta’minlamaslik xatarini oshiradi.

Shu maqsadda, banklarni sog‘lomlashtirish va muammoli kreditlarini undirish bugungi kunda asosiy vazifalardan biridir. Qolaversa, har bir olingan kredit qaytarilishi shart bo‘lib, agar u o‘z muddatida qaytarilsa jismoniy yoki yuridik shaxsning avvalo o‘ziga foyda ekanini, amaldagi qonunlarga ko‘ra, shartnoma shartini o‘z vaqtida bajarish banklar uchun ham, mijozlar uchun ham bir xil majburiyat yuklashini unutmasligimiz kerak.

Kiritildi: 13:06 19.01.2023. O'qildi: 5029 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!