Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Surxondaryo chegarasida qurolli erkak qo‘lga olindi

Surxondaryo chegarasida qurolli erkak qo‘lga olindi

Bojxona xodimlari tomonidan qurol-yarog‘larni noqonuniy olib o‘tish bilan bog‘liq navbatdagi qonunbuzilish holati fosh etildi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Gulbahor” chegara bojxona posti orqali harakatlanayotgan fuqaro P.V. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

Mazkur fuqaroning qo‘l sumkasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda uning sumkasida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan hamda bojxona xodimlariga ma’lum qilinmagan “Makarov” pnevmatik to‘pponcha hamda 2 dona kislorod balonchalik patronlari borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:33 15.07.2019. O'qildi: 1921 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!