Bugun 10 aprel, 2026 yil, juma

КИР

So‘rovnoma: Vengriya aholisining 77 foizi Yevropa Ittifoqi a’zoligini qo‘llab-quvvatlaydi

So‘rovnoma: Vengriya aholisining 77 foizi Yevropa Ittifoqi a’zoligini qo‘llab-quvvatlaydi

Vengriya fuqarolarining katta qismi — 77 foizi mamlakatning Yevropa Ittifoqiga (EI) a’zo bo‘lib qolishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Yevropa tashqi aloqalar bo‘yicha kengash tomonidan o‘tkazilgan jamoatchilik fikri so‘rovi natijalarida ma’lum qilindi.

So‘rovnoma 26 martdan 1 aprelgacha o‘tkazilgan bo‘lib, unda 1001 nafar respondent ishtirok etgan.

Tadqiqotga ko‘ra, vengriyaliklarning 75 foizi turli darajada Yevropa Ittifoqiga ishonch bildirgan. Shu bilan birga, YEIga to‘liq ishonch bildirganlar ulushi (23 foiz) mamlakat yetakchi siyosatchilariga to‘liq ishonch bildirganlardan ko‘proq ekani qayd etilgan.

Jumladan, bosh vazir Viktor Orbanga to‘liq ishonch bildirganlar 17 foizni, muxolifatdagi «Hurmat va erkinlik» partiyasi rahbari Peter Madyarga esa 19 foizni tashkil etgan.

Shuningdek, so‘rov ishtirokchilarining 68 foizi kelgusi hukumat Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlardagi yondashuvni o‘zgartirishi kerak, degan fikrni bildirgan.

Tashqi siyosat borasida esa respondentlarning 46 foizi Vengriya Yevropa sheriklari bilan yanada yaqinlashishi lozim, deb hisoblaydi. 17 foiz mamlakat G‘arb, Rossiya va Xitoy o‘rtasida muvozanat saqlashi kerakligini aytgan bo‘lsa, 7 foiz Rossiya va Xitoy bilan aloqalarni kuchaytirish tarafdori ekanini bildirgan.

Rossiya bilan munosabatlarga oid savolga javoban, 9 foiz vengriyalik uni ittifoqchi deb atagan, 37 foiz strategik hamkor sifatida ko‘rgan. Shu bilan birga, 8 foiz Rossiyani raqib, 22 foiz esa Vengriya qarama-qarshilikda bo‘lgan davlat sifatida baholagan.

Mutaxassislar fikricha, mazkur natijalar Vengriya jamiyatida Yevropa Ittifoqiga nisbatan qo‘llab-quvvatlash yuqori bo‘lib qolmoqda, biroq tashqi siyosatda turli qarashlar mavjudligini ko‘rsatadi.

Kiritildi: 21:23 09.04.2026. O'qildi: 245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!