"Sudya Muhammad Kanjo Hasan prezident Bashar Asad rejimi davrida mashhur “Sednaya” qamoqxonasidagi mahbuslarga minglab hukmlarni, jumladan, o‘lim jazosini bergan. Bunday sud jarayonlari odatda bir necha daqiqa davom etgan", deya xabar beradi Suriya Inson huquqlari observatoriyasi (SOHR).
Tashkilot hisob-kitoblariga ko‘ra, Hasan mahbuslarning qarindoshlari o‘z yaqinlari taqdiri haqida ma’lumot olish umidida bergan poralar orqali 150 million dollar ishlab topgan. U Asadga sodiq qurolli guruhlar faoliyat yuritayotgan Tartus viloyatida hibsga olingan.
“Sednaya” majmuasi – sudsiz qatl qilish va qiynoq holatlari bilan tanilgan qamoqxona bo‘lib, Damashqdan taxminan 35 km shimolda joylashgan. “Sednaya” Asad rejimi muxoliflariga qarshi repressiyalarning ramziga aylangan. Huquq himoyachilari ma’lumotlariga ko‘ra, 2011 yildan buyon ushbu muassasaga taxminan 30 ming kishi olib kelingan, shundan faqat 6 mingga yaqini ozod qilingan. Qolganlari hanuzgacha bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida turadi.