«Hayyat Tahrir ash-Sham» harakati boshchiligidagi isyonchilar yashin tezligida Suriyani qo‘lga kiritib, Asadlar oilasining 54 yillik hukmronligiga nuqta qo‘ydi. Mamlakatni tashlab qochgan prezident Bashar Asad va uning oilasiga Rossiya boshpana berdi.
Hafiz Asadning maqbarasi bir yil ilgari. Foto: Skrinshot
Butun mamlakat bo‘ylab marhum prezident Hafiz hamda uning o‘g‘li Basharning haykallari va suratlari ularning humronligiga barham berilganini nishonlayotgan suriyaliklarning shodiyonalari ostida yo‘q qilinmoqda.
Isyonchilar Hafiz Asad maqbarasida. Foto: Skrinshot
2011 yilda Bashar Asad demokratiya ruhidagi tinch namoyishni shafqatsizlarcha bostirib, mamlakatni vayronkor fuqarolik urushiga giriftor qilgan, oqibatda yarim milliondan ortiq suriyalik halok bo‘lgan, 12 million fuqaro o‘z uylarini tashlab ketgandi.
Uning otasi Hafiz Asad Suriyani 1971 yildan 2000 yilgacha (o‘limiga qadar) boshqarib, mamlakat jilovini o‘g‘li Bashar Asadga topshirib ketgan edi.
Hafiz Asad oilasi bilan. Foto: Wikipedia