Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Suriyadan qaytarib olib kelingan 15 kishi terrorchilikda ayblanib, qo‘lga olindi

Suriyadan qaytarib olib kelingan 15 kishi terrorchilikda ayblanib, qo‘lga olindi

Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Suriyadan qaytarib olib kelingan 15 qozog‘istonlik – 10 erkak va 5 nafar ayol ISHID safiga qo‘shilgani uchun terrorchilikda aybdor deb topilib, ozodlikdan mahrum etildi.

Bundan tashqari, ISHIDga qo‘shilgani aniqlangan yana 14 kishining ishi sudga oshirilgan. Ular terrorchilik faoliyati va terrorizmni targ‘ib qilish, boshqa shaxslarni terrorchilikka jalb etish va boshqa og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda.

Qozog‘iston “Jusan” deb atalgan uch bosqichli operasiya doirasida Suriyadan 595 nafar fuqarosini qaytarib olib keldi. Ularning 400 nafardan ortig‘i bolalardir.

Kiritildi: 09:43 18.10.2019. O'qildi: 4640 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!