Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Suriyadan Iroq qamoqxonalariga yana 300 nafar ISHID jangarisi o‘tkazildi

Suriyadan Iroq qamoqxonalariga yana 300 nafar ISHID jangarisi o‘tkazildi

Suriyadan Iroq qamoqxonalariga terrorchilik tashkiloti ISHIDga aloqador yana 300 nafarga yaqin jangarilar ko‘chirildi. Bu haqda Shafaq News portali hukumat manbasiga tayanib xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Iroq Adliya vazirligi qarori bilan ushbu shaxslar terrorizm bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha mahkumlar uchun mo‘ljallangan, kuchaytirilgan xavfsizlikka ega qamoqxonalarga joylashtiriladi.

Ular Iroq qonunchiligiga muvofiq sud qilinishi, mamlakat fuqarosi bo‘lmaganlari esa jazoni o‘z yurtida o‘tash sharti bilan tegishli davlatlarga topshirilishi rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, Bagdad va Damashq o‘rtasidagi hamkorlik davom etmoqda va ISHIDga aloqador ushlanganlar soni yana ortadi. CENTCOM ma’lumotlariga ko‘ra, 7 ming nafargacha jangarini Iroq nazoratidagi “xavfsiz” muassasalarga o‘tkazish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 21:41 27.01.2026. O'qildi: 203 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!