Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Suriyada avtobusga qilingan hujum oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi

Suriyada avtobusga qilingan hujum oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi

Suriyaning Xoms viloyatidagi Masyaf ko‘prigi yaqinida noma’lum qurolli shaxslar avtobusga o‘t ochishi oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘ldi va yana to‘rt kishi yaralandi.

Bu haqda SANA axborot agentligi xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ichki xavfsizlik kuchlari va fuqarolik mudofaasi bo‘linmalari hujum sodir bo‘lgan joyga yetib kelishgan. Ular hududni o‘rab olishdi va halok bo‘lganlar va yaralanganlarni evakuasiya qilishni boshladilar. Suriya ichki xavfsizlik kuchlari tergov boshladi.

Hodisa yoki hujumchilarning ehtimoliy sabablari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilinmadi.

Kiritildi: 09:50 01.10.2026. O'qildi: 856 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!