Suriya va Saudiya Arabistoni aviasiya, infratuzilma, suv ta’minoti, ta’lim va aloqa sohalarida hamkorlik to‘g‘risida qator kelishuvlarni imzoladi.
Damashq shahrida bo‘lib o‘tgan imzolash marosimida Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharaa, Saudiya investisiyalar vaziri Xolid al-Folih, aloqa vaziri Abdulla as-Savaha, shuningdek, saudiyalik kompaniyalar va suriyalik hamkorlar ishtirok etdi.
Suriya investisiya delegasiyasi rahbari Tala al-Xilaliyning ta’kidlashicha, imzolangan bitimlar fuqarolarning kundalik hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatib, iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qiladi.