Bugun 6 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Moskvada general otib ketildi, uning ahvoli og‘ir

Moskvada general otib ketildi, uning ahvoli og‘ir

Rossiya Tergov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Moskvaning Volokolamskoye shossesida joylashgan turarjoy binosida noma’lum shaxs Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi Harbiy razvedka bosh boshqarmasining birinchi o‘rinbosari, general-leytenant Vladimir Alekseevga bir necha marta o‘q uzib, qochib ketgan. Jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan.

Ayni paytda gumonlanuvchini qidirish ishlari olib borilmoqda, videokuzatuv yozuvlari o‘rganilmoqda.

General-leytenant tajovuzdan so‘ng shifoxonaga yotqizilgan. Ommaviy axborot vositalari Aleekseevning ahvoli og‘ir ekanini, shifokorlar uning hayotini saqlab qolishga harakat qilayotganini bildirdi.

General, shuningdek, “Vagnerchilar qo‘zg‘oloni” paytida ushbu xususiy harbiy kompaniya yetakchisi Prigojinga murojaat qilgani va Rostovda uning yonida bo‘lgani bilan ham omma e’tiboriga tushgan.

Kiritildi: Bugun 15:25. O'qildi: 1034 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!