Suriya Trampga sanksiyalarni olib tashlash evaziga yer osti boyliklari bo‘yicha kelishuvni taklif qilmoqda. Bu haqda The Times xabar berdi.
"Suriyaning yangi hukumati vositachilar orqali Qo‘shma Shtatlarga tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha Ukraina bilan tuzilgan bitimga o‘xshash kelishuvni taklif qildi. Damashq Vashingtondan buning evaziga sanksiyalarni olib tashlashni so‘ramoqda", deb yozadi gazeta.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Suriyaning vaqtinchalik prezidenti Ahmad ash-Shaara Damashqda Trump Towerbinosi qurilishi ehtimolini ham tilga olgan.
"AQSh ma’muriyati Trampning Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida ash-Shaara bilan uchrashishini ko‘rib chiqqan edi, biroq 12 may oqshomida bu uchrashuv bo‘lmasligi e’lon qilindi. Bu uchrashuvga AQSh milliy razvedkasi rahbari Tulsi Gabbard qarshilik bildirgan", deb yozadi The Times.
Bundan tashqari, Tramp Saudiya Arabistoniga ketishidan oldin Oq uyda o‘tkazilgan brifingda Suriyaga qarshi sanksiyalarning yumshatilishi ehtimoli borligini aytdi.
"Biz sanksiyalar masalasida qaror qabul qilishimizga to‘g‘ri keladi. Suriyadan sanksiyalarni olib tashlashimiz mumkin, chunki ularga yangi imkoniyat berishni istaymiz", — deya fikr bildirgan Qo‘shma Shtatlar prezidenti.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Suriyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an so‘ragan.