Tashqi ishlar vaziri Asaad Hasan al-Shiboniy boshchiligidagi Suriya yangi ma’muriyati delegasiyasi 15 yanvar kuni Turkiyaga tashrif buyuradi.
Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Avvalroq al-Shiboniy Anqaraga rejalashtirilgan birinchi rasmiy tashrif haqida ma’lum qilgandi.
"Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan, Milliy mudofaa vaziri Yasar Gyuler va Milliy razvedka tashkiloti rahbari Ibrohim Kalin tashrif davomida suriyalik hamkasblari bilan uchrashadi”, — deyiladi Turkiya vazirligi bayonotida.