Bugun 24 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Suriya qo‘shinlari va Suriya demokratik kuchlari Aleppoda o‘t ochishni to‘xtatishga erishdi

Suriya qo‘shinlari va Suriya demokratik kuchlari Aleppoda o‘t ochishni to‘xtatishga erishdi

Suriya hukumat kuchlari va Suriya demokratik kuchlari (SDK) vakillari Aleppodagi to‘qnashuvlardan so‘ng o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Bu haqda The National nashri xabar berdi.

Suriya Mudofaa vazirligi o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.

Avvalroq Suriya Ichki ishlar vazirligi jangarilar Alepponing Shayx Maqsud va Ashrafiya tumanlaridagi nazorat-o‘tkazish punktlarida Suriya qo‘shinlariga hujum qilganini ma’lum qilgan edi.

Shu yilning oktyabr oyida xuddi shu hududlarda SDK va hukumat kuchlari o‘rtasida otishmalar sodir bo‘lgan edi. Shundan so‘ng Damashq isyonchilar bilan keng qamrovli o‘t ochishni to‘xtatishni e’lon qildi.

Kiritildi: Bugun 08:30. O'qildi: 421 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!