Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Sharaa 29 mart, shanba kuni Arab Respublikasining yangi hukumati tarkibini e’lon qiladi. Bu haqda Al Hadath telekanali ma’lum qildi, deb yozadi TASS.
Yangi vazirlar mahkamasi 10 dekabrdan boshlab Muhammad al-Bashir boshchiligidagi hukumatni almashtiradi.
Al Hadath manbalarining ta’kidlashicha, hukumat asosan texnokrat vazirlar bilan inklyuziv bo‘ladi. Ichki ishlar, tashqi ishlar va mudofaa vazirliklarining amaldagi rahbarlari o‘z lavozimlarida qoladilar.
13 mart kuni qabul qilingan konstitusiyaviy deklarasiyaga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi ishiga Ahmad ash-Sharaaning o‘zi rahbarlik qilishi kutilmoqda.
Suriyada o‘tish davri besh yil davom etadi, shundan so‘ng umumiy saylovlar o‘tkaziladi. Respublikaning qonunchilik bazasi islom huquqi normalariga muvofiq bo‘ladi.