Suriya prezidenti Ahmad al-Shara BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasining COP30 sammitida ishtirok etadi.
SANA axborot agentligining xabar berishicha, u shu maqsadda bugun Braziliyaga boradi.
"Prezident Ahmad al-Shara’a 6-7 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Braziliyaga butun dunyodan o‘nlab yetakchi va davlat rahbarlarini birlashtiradigan uchrashuvlarda qatnashadi", — deyiladi xabarda.
Bu Suriyaning davlat rahbari darajasidagi sammitdagi ilk ishtiroki bo‘ladi.