Suriya ISHIDga qarshi kurashayotgan xalqaro koalisiya bilan siyosiy hamkorlik deklarasiyasini imzoladi.
Bu haqda Suriya axborot vaziri Hamza al-Mustafo Suriya va AQSh yetakchilari Ahmad al-Shara va Donald Trampning Vashingtondagi uchrashuvini yakunlar ekan, ma’lum qildi.
"Suriya ISHIDga qarshi kurashayotgan xalqaro koalisiya bilan siyosiy hamkorlik to‘g‘risidagi deklarasiyani imzoladi va terrorizmga qarshi kurash va mintaqaviy barqarorlikni saqlashda hamkor sifatidagi rolini tasdiqladi. Shartnoma siyosiy xususiyatga ega va hozirda harbiy qismlarni o‘z ichiga olmaydi", - deya ta’kidladi u.
Al-Mustafoning ta’kidlashicha, Suriya prezidentining Oq uyga “tarixiy tashrifi” Suriya-Amerika munosabatlarida yangi sahifaning boshlanishi va mamlakat “xalqaro maydonga to‘liq qaytishi”ni anglatadi.
“Prezident Tramp milliy va mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan Isroil bilan mumkin bo‘lgan xavfsizlik kelishuvini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va Qo‘shma Shtatlar Vashingtonda Suriya elchixonasi qayta ochilganini rasman e’lon qildi”, — dedi vazir.