Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Suriya Ichki ishlar vazirligi Isroilning As-Suvaydaga aralashuvini qoraladi

Suriya Ichki ishlar vazirligi Isroilning As-Suvaydaga aralashuvini qoraladi

Suriya ichki xavfsizlik kuchlari As-Suvayda shahrida barqarorlikni tiklashga muvaffaq bo‘ldi, biroq noqonuniy guruhlar otashkesim va taslim bo‘lish kelishuvlarini buzdi.

Bu haqda Arab Respublikasi Ichki ishlar vazirligining SANA agentligi tarqatgan bayonotida aytilgan.

"Noqonuniy guruhlar o‘rnatilgan nazorat-o‘tkazish punktlari va polisiya xodimlariga hujumni qayta boshladi, bu esa As-Suvaydadagi vaziyatni normallashtirish bo‘yicha kelishuvlarning bajarilishini to‘xtatdi", — deyiladi matnda. Hukumatning tinch aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha jadal harakatlari fonida shaharning ayrim hududlarida to‘qnashuvlar shu kungacha davom etmoqda.

Bayonotda Isroilning As-Suvaydadagi voqealarga aralashuvi qoralanadi. Qayd etilishicha, Isroil havo kuchlari druzlar tog‘li o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida havo hujumlarini amalga oshirgan. “Bosqinchilarning xavfsizlik kuchlari va armiya maxsus bo‘linmalari pozisiyalariga hujumlari bir necha harbiy xizmatchilarning o‘limiga olib keldi”, — deyiladi matnda.

Avvalroq As-Suvaydada komendantlik soati joriy qilingan, ichki ishlar vazirligi va o‘tish davri hukumati Mudofaa vazirligi qo‘shinlari shaharning markaziy qismini tozalash va u yerdan o‘zini-o‘zi mudofaa bo‘linmalarini haydash bo‘yicha operasiya o‘tkazgan edi. Druzlar jamoasining shayxlari hukumat qo‘shinlarining As-Suvaydaga kirishini olqishlab, mahalliy jangchilarni “qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatib, qurollarini rasmiylarga topshirishga” chaqirishdi. 13 iyul kuni janubdagi As-Suvayda viloyatida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi, shiddatli otishmalarda kamida 46 druz, 28 badaviy va yana 4 tinch aholi halok bo‘ldi. Mojaroni tugatish uchun Damashqdan janubga yuborilgan hukumat kuchlarining yo‘qotishlari 18 jangchini tashkil etdi.

Kiritildi: 08:30 16.07.2025. O'qildi: 505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!